21:38 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Abituriyentы

Oʻqishga kirish sinovlarida yangi imtiyozlar beriladi

© Telegram
Jamiyat
Havola olish
714 0 0

2019–2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019–2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

- ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

- yapon tili uchun –  milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

- nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

- frantsuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

- boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Asosiy mavzular