14:58 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Sobaki porodы alabay

Kinologlar eng yaxshi qoʻriqchi itlar zotlarini aytishdi

Sputnik / Vladimir Vyatkin
Jamiyat
Havola olish
42610

Kinologlar eng yaxshi qoʻriqchi itlar zotlarini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Uy, mol-molk va egasini himoya qilish uchun eng yaxshi itlar bu – Oʻrta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya kinologiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Golubev maʼlum qildi.

“Qoʻriqchi itlarning eng yorqin namunasi bu  Oʻrta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi.  Bu zotli itlar yonida egasi boʻlgan  yoki boʻlmagan holatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu itlar albatta mashq kursidan oʻtishi kerak”, - dedi u.

Ekspert soʻzlariga koʻra, mashq itlarga vaziyatni anglash va qachon jahldorlikni koʻrsatish koʻnimalariga oʻrgatadi.  

“Qoʻriqlash uchun moʻljallangan itlar egasiga quloq solish, begonalarga ishonchsizlikka koʻnikmalariga oʻrgatishi kerak", - deb taʼkidladi Golubev.

Mashgʻulotlar bilan faqat tajribali mutaxassis-kinologlar shugʻullanishi kerak.

Golubevning soʻzlariga koʻra, xizmat itlari mashq uchun eng yaxshi zotli itlar hisoblanadi.

Xizmat itlari guruhiga nemis va belgiya ovcharkalari, rotveyler, labrador, spaniyel zotli itlar kiradi.

Koʻp yillar davomida bu zotli itlar: portlovchi va narkotik moddalarni qidirish, odam qidirish, jinoyatchilarni ushlashda, odamlarni qutqarish ishlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, qoʻriqlash faoliyatida qoʻllaniladi.  

Asosiy mavzular