21:38 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)

Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi mumkin

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
164 0 0

Yangi maktabda Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi, fanlarining oʻquv rejalarini Oʻzbekiston umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga hisobga olgan holda joriy etish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. “Buxoro shahrida Arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” hukumat qarori umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasida Buxoro shahridagi 42–sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabini tashkil etish boʻyicha taklifiga rozilik berish qayd etilgan.  

"Maktabning asosiy vazifalari:

- umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda arab tilini chuqur oʻqitilishini tashkil etish;

- oʻquvchilarda arab tilida muloqot qilish qoʻnikmalarini shakllantirish va ularni fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini taʼminlash;

- oʻquvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qatʼiy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

- Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi,  fanlarining oʻquv rejalarini Oʻzbekiston umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga hisobga olgan holda joriy etish.

2020-2021 oʻquv yilida Ixtisoslashtirilgan maktabning 5, 6, 7 va 8-sinflariga hamda 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchi tanlov asosida qabul qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada qayd etilishicha, maktabga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili, adabiyot va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik tashxisdan oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular