21:10 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Avtomobili na trasse

Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish evaziga YTHlar 25%ga kamaydi – IIBB

Sputnik / Anton Kurilkin
Jamiyat
Havola olish
46702

Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish piyodalar hayotini saqlab qolmoqda, bu fakt - IIBB.

TOSHKENT, 19 may – Sputnik. Faktlar bilan bahslashib boʻlmaydi: kunduz vaqtida yoniq boʻlgan yoritgichlar natijasida yoʻl-transport hodisalari 25 foizga kamaydi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Xususan, 2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha 153 ta YTH sodir boʻldi. 2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 108 ta YTH. Natija: YTH soni 45 taga kamaygan.

Piyodalarni urib yuborish bilan bogʻliq YTHlar soni ham 38taga kamaygan. 2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha –75 ta holat boʻlsa, 2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 37 ta holat qayd etilgan.

IIBB xabarida aytilishiga koʻra, chiroqlarni yoqib yurishning asosiy ustuvorligi shundaki, haydovchi biror harakat amalga oshirishdan oldini orqa oynaga qarashni unutgan taqdirda ham, orqadagi avtomobilning yonib turgan chirogʻini payqamasdan iloji yoʻq.

“Baʼzi haydovchilar biror bir harakatni amalga oshirishdan oldin yon yoki orqani koʻrsatuvchi oynalarga qaramasliklarini inobatga olgan holda yangi talabning asosiy maqsadi haydovchilar bir-birlarini koʻrishlaridadir, orqada yonib turgan yorugʻlikni esa payqamaslikning iloji yoʻq. Piyodalar uchun ham KSCH yoniq boʻlgan avtomobil, shu jumladan kunduz kuni ham sezilarliroq boʻldi”, - deyilgan IIBB xabarida.  

IIBB, shuningdek, deputatlar dastlab ushbu yangi qoidani kiritishni yoqlash vaqtlarida haq boʻlishganini va ushbu chora YTHlar sonini kamaytirish va insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi aytib oʻtilgan.

Xabar soʻngida IIBB haydovchilardan yana bir bor kunduzi chiroqlarni yoqib yurishni va insonlar hayotini saqlab qolishga chaqirgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 10 apreldan kunduzi chiroqlarni yoqib yurish majburiy deb belgilangan edi. Ushbu yangi  qoida ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

Asosiy mavzular