21:10 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Mirziyoyev va Putin tabrik soʻzlari MGIMO forumi ishtirokchilariga yetkazildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
24010

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tabrik soʻzlari Toshkentda boʻlib oʻtayotgan MGIMO bitiruvchilari forumida oʻqib eshittirildi.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Bugun 19 may soat 10:00da Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti  (MGIMO) bitiruvchilari  V xalqaro forumi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Forumda bir qator nufuzli mehmonlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulazip Kamilov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov va boshqalar ishtirok etmoqda.

Forum kun tartibidan davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlari, taʼlim, madaniyat va investitsiya sohasidagi munosabatlar, Markaziy Osiyodagi koʻp tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari hamda Toshkentda MGIMO filiali ochilishi taqdimoti va boshqa masalalar oʻrin olgan.

Forum Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tabrik soʻzlari bilan boshlandi Oʻzbekiston prezidenti tabrigini bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

“Umid qilamanki, ushbu forum maydonida boʻlib oʻtadigan qiziqarli va sermazmun muhokamalar, zamon talablari hamda xalqlar orasidagi oʻzaro munosabatlarni hisobga oladigan, oliy darajali diplomatlar tayyorlashga boʻlgan yondashuvni takomillashtirish uchun xizmat qiladi”, - deyilgan Shavkat Mirziyoyev tabrik soʻzida.    

Rossiya prezidentining tabrik soʻzini MDXMI rektori Anatoliy Torkunov oʻqib eshittirdi.

“Forum oliy darajada boʻlib oʻtishiga va koʻp tomonlama gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga hissa qoʻshishiga - ishonchim komil. Muhim yubiley kuni arafasida, yaqinda MGIMOning birinchi xorijiy filiali ochilgan mehmondoʻst Toshkentda, turli mamlakatlardan bitiruvchilar jamlangani bizni xursand qildi. Bu yerda doʻstlik va hamjihatlik muhitida xalqaro kun tartibining muhim masalalarini muhokama qilish va universitetni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish imkoni paydo boʻladi”, - deyilgan Vladimir Putin tabrik soʻzida.

Tadbirni moderator sifatida MDXMIning Kuzatuv kengashi aʼzosi, TASS bosh direktorining oʻrinbosari Mixail Gusman olib boryapti. Forumda Moʻgʻuliston Tashqi ishlar vaziri Damdin Tsogtbaatar, Kambodja Taʼlim vaziri Naron Xan Chuon, Rossiya fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Sergey Kravtsov, MDXMning Vasiylik kengashi aʼzosi Fattoh Shodiyev soʻzga chiqishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular