08:45 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34

Oʻzbekiston va Belarus maxsus boʻlinmalari jang amaliyoti oʻtkazadi

Minoboronы
Jamiyat
Havola olish
138 0 0

Oʻzbekiston va Belarus maxsus boʻlinmalari terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi jang amaliyoti oʻtkazadi.

TOSHKENT, 19 may – Sputnik. Sharqiy harbiy okrugning “Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonida “Jangovar hamdoʻstlik – 2019” oʻquv mashgʻulotlari doirasida Oʻzbekiston – Belarus maxsus boʻlinmalari birgalikda jang amaliyoti oʻtkazadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.   

Kecha, 18 may kuni boʻlib oʻtgan brifingda Mudofaa vazirligi ikki davlat vakillari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan mashgʻulotlarning muayyan paviloni, rejasi hamda tartibi xususida xabar qildi.

"Ushbu maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qoʻllay olishini namoyish etadi", – dedi podpolkovnik Laziz Usmonov.

Tadbir davomida Belarus harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston madaniy merosi, goʻzal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular