22:22 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Moskvada yangi uslubda qurilgan politsiya binosi ishga tushdi

© TVTS
Jamiyat
Havola olish
320 0 0

Moskvada yangi uslubda qurilgan tuman politsiya boʻlimi binosi ichida nimalar bor?

TOSHKENT, 19 may – Sputnik. Yaqinda Moskvaning Ochakovo-Matveyevskoye tumanida yangi politsiya binosi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Yangi bino, “Xavfsiz shahar” dasturi doirasida individual loyiha boʻyicha qurilgan birinchi politsiya binosi boʻlib, kelajakda Moskvada ana shunday uslubda qurilgan yana 16ta bino qurilishi xabar qilingan.

Novoye zdaniye OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona

Yangi uslubda qurilgan politsiya binosi oldingilaridan nimasi bilan ajralib turadi?  

Birinchidan, maydoni 5,5 ming metr kvadrat boʻlgan yangi binoda tuman politsiyasining barcha boʻlinmalari uchun yetarli joy ajratilgan. Kriminal politsiya, Navbatchilik boʻlinmasi, jamoat xavfsizligi boʻlinmasi va boshqalar endi bitta binoda joylashgan. Kerak boʻlganda, har bir mutaxassis uchun alohida kabinetlar ajratilgan.

Novoye zdaniye OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona

Shuningdek, bu yerda politsiya xodimlari mashq qilishlari uchun uchun haqiqiy va elektron tir, sport mashhulotlari zali, yer osti avtomobillar turar joyi, ustaxona va avtomobillar yuvish joyi ham bor.

Uchinchidan, yangi binoda maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun maxsus jihozlangan xona bor. Bu yerda yashirish audio yoki videoyozuv olib borish imkoni cheklangan.

Novoye zdaniye OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona

Yangi binoda shuningdek butun tuman hududida oʻrnatilgan 16 ming videokuzatuv xavfsizlik kameralarini nazorat qilish punkti ham bor.

Yangi binoda nafaqat bu yerda ishlovchi xodimlar qulayligi, balkim bu yerga keluvchi fuqarolar qulayligi ham hisobga olingan. Masalan yosh bolasi bilan politsiya binosiga tashrif buyurgan fuqarolar ishlari bitgunicha bolalarini maxsus “Bolalar xonalarida” qoldirishlari mumkin.  

Shahar meri Yuriy Lujkov aytishiga qaraganda, yangi bino 2 yil ichida toʻliq qurib bitkazilgan. Ayni damda yana 14ta ana shunday binolar qurib bitkazilgan va yana 15 ta qurilish jarayonida.

Maʼlumot uchun Moskvada jami 125 ta tuman bor.

Asosiy mavzular