12:32 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
558 0 0

"Golos.Deti" tanlovi finaliga chiqqan qozogʻistonlik bolakay, Birinchi kanal ustidan kuldi.

TOSHKENT, 19 maya - Sputnik. "Golos.Deti" koʻrik tanlovining finalchisi, qozogʻistonlik Yerjan Maksim “Birinchida hammasi sotilgan” mavzusida hazil reklamada suratga tushdi.

Reklamada, Yerjan yangi qurilgan uylar binolar orasida yurib, - Birinchi uydan xonadon sotib olsa boʻladimi, deb soʻraydi. Unga esa “Yoʻq, birinchida hammasi sotilgan, ikkinchida bor", - deb javob qaytarishadi”.  - Eh, yanami, - deb gʻamgin javob beradi Yerjan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Rossiya OAVlarida "Golos.Deti" tanlovi natijalari qalbakilashtirilganligi aniqlangan va ushbu holat katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi. Xususan, mashhur xonanda Alsuning qiziga koʻplab soxta ovozlar berish natijasida qozogʻistonlik Yerjan Maksim ikkinchi oʻrinni egallagan edi.

Asosiy mavzular