20:19 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
41820

Urush yillarida Toshkent 1 milliondan ortiq kishiga boshpana bergan, 113 ta gospital faoliyat koʻrsatgan.

TOSHKENT, 19 maya - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan MGIMO bitiruvchilari forumi moderatori TASS direktori oʻrinbosari Mixail Gusman Toshkentga “Front orti qahramon shahri” nomini berishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

“Fashizm ustidan gʻalaba qozonishda katta hissa qoʻshgan qahramon shaharlar bor. Ulardan kamida ikkitasiga – “Front orti qahramon shahri” nomini berish kerak deb oʻylayman. Bu - Toshkent va Boku. Ular bu nomga munosib”, — dedi Mixail Gusman.

Gusmanning aytishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda 1 milliondan ortiq turli millat vakillari jon saqlagan. Bu yerda 113 ta gospital faoliyat koʻrsatgan, yuz minglab askar va zobit bu yerda davolanib, safga qaytgan.

Undan tashqari, Toshkent yuz minglab yetim yoki qarovsiz qolgan bolalarga boshpana bergan. Shuningdek yuzlab zavod fabrikalar Toshkentga koʻchirilgan va fron uchun kerakli mahsulotlar ishlab chiqargan.

Asosiy mavzular