21:24 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Finalnыy etap chempionata po driftu Free drift session 5.0

Oʻzbekistonda avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish taklif qilindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
117420

Oʻzbekistonda avtomobillarni tyuning qilish ruxsat berish toʻgʻrisida petitsiya joylashtirildi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar veb-portalida avtomobillarni tyuning qilish ruxsat berish toʻgʻrisida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifiga koʻra, rivojlangan avtomobil sanoatiga ega boʻla turib, uning qoʻshma tarmoqlarini yonma-yon rivojlantirish zarur, misol uchun, avtomobillarni tyuning qilish.

Mazkur masala davlat darajasida hal etilsa, sohani erkin rivojlantirish uchun sharoit yaratish, ushbu soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish, havaskorlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Transport vositalarini yanada yaxshilash va takomillashtirish - biznesni kengaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, bu sohada noyob milliy brendlarni yaratish imkoniyati paydo boʻladi.  

Shu bilan birga xalqaro koʻrgazma, tanlovlar, poygalar va shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda sifatli mahsulotni yaratishga qodir dizaynerlarning avlodini tarbiyalash imkonini beradi. 

Hozircha petitsiya atigi 165 ovoz toʻpladi. Ovoz berish yakunlanishiga 86 kun qoldi.

Asosiy mavzular