16:14 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
mesto gde imam chitayet azan (prizыv na molitvu)

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi: 15 kunda 5 ming savol-javob qilindi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
114 0 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi koll-markazi tomonidan roʻza tutish bilan bogʻliq savollariga javob olish imkoniyati yoʻl qoʻyildi.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan koll-markazga 5 mingdan ziyod savol kelib tushdi.

“Oʻtgan vaqt mobaynida moʻmin-musulmonlarimizda bunday diniy-maʼrifiy xizmatga juda katta ehtiyoj mavjudligi yaqqol koʻrindi. Sababi, eʼlon qilingan markaz telefon raqamlari bir soniya boʻlsa-da tin olgani yoʻq. Oʻtgan 15 kun ichida ulamolar tomonidan 5 mingdan ziyod savol-javob qilingani fikrimizni yanada quvvatlaydi”- deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, moʻmin-musulmonlar tunu kun 24 soat davomida (ibodat vaqtlaridan tashqari) oʻzlarining roʻza tutish bilan bogʻliq sharʼiy savollariga javob olish imkoniyati yoʻlga qoʻyilishi juda katta qulaylik boʻldi.

2019 yil 6 maydan muborak Ramazon oyi boshlandi.

Bu oyni dunyoning barcha moʻʼmin-musulmonlari ham oʻzgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan oʻtkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam koʻrsatiladi.

Oʻzbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti qarori eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori eʼlon qilingandi.

Asosiy mavzular