06:59 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev vstretilsya s bыvshimi jiltsami doma №78 na Anxore

Ortiqxoʻjayev mutasaddilarni tanqid qilib, aholi muammosini hal qilishni topshirdi

Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ilgari Anhor boʻyida joylashgan 78-uy egalari bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ilgari Anhor boʻyida joylashgan va buzilgan 78-uy egalari bilan uchrashdi. Hozirgi kunda uchrashuv ishtirokchilari yangi manzilda – Qozirobod koʻchasida yana oʻsha Anhor boʻyidagi 7 ta xonadonlarning egalari boʻlishdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvga yangi uylardagi kommunikatsiya xizmatlarining qisman ulanmaganligi sabab boʻlgan. Ayni paytda ushbu uylarda gaz va elektr taʼminoti yoʻlga qoʻyilgan. Suv taʼminoti esa hokimiyat masʼullari soʻzlariga koʻra, markaziy kanalga ulangan boʻlib, tez orada toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, uchrashuvda sobiq 78-uy boshka aholisining Qori Niyoziy koʻchasidagi uylarga koʻchishi masalasi koʻtarildi. Biroq, bugungi kunda yangi uylarda qurilish ishlari davom etayotgani sabab, u yerga koʻchib oʻtishning imkoni yoʻq.

Ochiq suhbat uslubida oʻtgan uchrashuvda fuqarolar oʻz muammolarini aytishdi. Xususan, yangi uyga koʻchish jarayonining  kechikayotganligi va shu tufayli hozirda yashayotgan uylarining ijara xaqi oshayotgani tugʻrisida hamda yakuniy taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq noqulayliklar xaqida oʻz muammolarini maʼlum qilishdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi ushbu kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, yangi uylar topshirilishining kechikishiga sababchi boʻlgan va boshqa kommunikatsion va taʼmir ishlari boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻygan tegishli mutasaddilarni tanqid qildi.

Ushbu mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar nazorati Shayxontohur tuman hokimi A. Toʻxtayev, uning oʻrinbosari, shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari D. Hidoyatov zimmasiga yuklatildi hamda voqealar rivoji xaqida hokimni xabardor qilib turish vazifasi topshirildi.

Xabarda barcha kamchiliklarni bartaraf etish uchun 25 may shanba kunigacha muddat belgilanib, ijara xaqi toʻlovi muamosi ham ijobiy hal qilingani qayd etilgan

Shuningdek, koʻchish va mebellarni tashish uchun transport bilan ham taʼminlash xaqida koʻrsatma berildi.

Asosiy mavzular