21:35 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Erkinjon Turdimov Ishtixonda yuz bergan qotillik haqida: bu barchamiz uchun sharmandali holat

© e_turdimov
Jamiyat
Havola olish
63810

Besh bosqinchi 15 mayga oʻtar kechasi Ishtixondagi xonadonlarning biriga kirib, uyquda boʻlgan uy egalarini temir boʻlaklari bilan bosh, yuz va jagʻ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan oʻldirgan va xonadondan 22 million soʻm va “Samsung Galaxy A8” rusumli telefonni olib chiqib ketganlar

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqoʻrgʻon qishlogʻida sodir etilgan qotillik jinoyati boʻyicha gumon qilinuvchilar ushlangach, mazkur hodisa ushbu qishloq ahli hamda tuman jamoatchiligi ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda viloyat hokimi ishtirok etdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ushbu mudhish qotillik haqida gapirar ekan, "bu voqelik barchamiz uchun sharmandali holat, toʻrt nafar yosh yigitlarning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishi tasavvur qilish qiyin boʻlgan holat", deya taʼkidlagan.

"Odam bolasining shunchalik vahshiylikka borishini xayolga keltirishning oʻzi dahshat. Buning ildizi, avvalo, odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga eʼtiborsizligiga borib taqalmoqda. Seng menga tegma, menga senga tegmayman, degan qarash mana, nima oqibatga olib keldi. Axir Chimqoʻrgʻonda ham mahalla bor, oqsoqollar bor. Profilaktika inspektori, uning yordamchisi faoliyat koʻrsatadi. Nahotki, mahallada hech kim odamlarning bir-biriga bunday munosabati shakllanganini sezmagan? Bu faqat chimqoʻrgʻonliklar uchun emas, butun Ishtixon tumani aholisi, barchamiz uchun achchiq saboq boʻlishi kerak", - degan hokim va bunday ogʻir jinoyatlarga qarshi birgalikda kurash, joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozimligini qoʻshimcha qilgan.

Turdimov shuningdek, jinoyatni sodir etganlar qonunda belgilangan jazosini olishini, bu bu jinoyat Chimqoʻrgʻondagi muhitga, odamlarning munosabatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi, aksincha odamlarni jipslashtirishi, ogoh va hushyorlikka daʼvat etishi lozimligini taʼkidlagan.

Uchrashuvda viloyat prokurori, Ishtixon tumani hokimi, Chimqoʻrgʻon qishlogʻi oqsoqollari va tuman faollari soʻzga chiqib, aholini jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratishga hamda atrofdagi voqea-hodisalarga befarq boʻlmaslikka chaqirganlar.

Eslatib oʻtamiz, viloyat ichki ishlar boʻlimiga 15 may kuni Qoʻshrabot tumani Boqichigʻatoy mahallasi hududidagi "Oltin-meros" fermer xoʻjaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan "Damas" mashinasi ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari natijasida avtomashina Ishtixon tumani Chimqoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi, 31 yoshli I.J.ga tegishli ekanligi, mashina ichida esa I.J. hamda uning oila aʼzolari – 1969 yilda tugʻilgan otasi A.X., 1974 yilda tugʻilgan onasi X.Z., ukalari – 2002 yilda tugʻilgan I.A. va 2006 yilda tugʻilgan I.O.ning jasadlari borligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ichki ishlar idoralari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillar oʻrganilgan, qotillarni topish yuzasidan qishloq aholisi, hududga yaqin mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilgan.

Uch kun tunu kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillik jinoyati fosh etilgan. Jinoyatni Ishtixon tumani Chimqoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi, 1981 yilda tugʻilgan T.Gʻ., 1995 yilda tugʻilgan E.SH., 1993 yilda tugʻilgan U.J. va Qoʻshrabot tumanida yashovchi, 1996 yilda tugʻilgan N.X. sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ular ushlangan.

Gumon qilinuvchilarning iqrorlik koʻrsatuvlari, hodisa joyida oʻtkazilgan tekshirish tergov harakatlarida maʼlum boʻlishicha, ular bu jinoyatni ushbu xonadondan pul va boshqa qimmatli ashyolarni oʻgʻirlash niyatida amalga oshirgan. Buning uchun uzoq vaqt tayyorgarlik koʻrgan.

Joriy yilning 14 mayidan 15 mayga oʻtar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, oila aʼzolarining uxlab yotganligidan foydalanib, oʻzlari bilan olib kelgan temir boʻlaklari bilan ularining bosh, yuz va jagʻ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan oʻldirib, xonadondan 22 million soʻm va "Samsung Galaxy A8" rusumli telefonni qoʻlga kiritishgan.

Shundan soʻng, ular jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhum J.I.ga tegishli "Damas" rusumli avtomashinaga jasadlarni yuklab, avtomashinani Qoʻshrabot tumanidagi Boqichigʻatoy qishlogʻidagi dalaga tashlab ketgan.

Asosiy mavzular