Namanganda chiqqan “o‘ta shifobaxsh” suv iste’molga yaroqsiz – mutaxassislar xulosasi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishLechebnaya voda
Lechebnaya voda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar tomonidan artezian qudug‘idan laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalari olindi va tahlillar o‘tkazildi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan chiqqan “o‘ta shifobaxsh” suv iste’molga yaroqsiz deb topildi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan “o‘ta shifobaxsh” suv chiqqani haqida namoyish etilgan axborot lavhasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar omma o‘rtasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab bo‘ldi. 

© UzA"Lechebnaya" voda iz Uzbekistana opasna dlya cheloveka
Namanganda chiqqan “o‘ta shifobaxsh” suv iste’molga yaroqsiz – mutaxassislar xulosasi - Sputnik O‘zbekiston
"Lechebnaya" voda iz Uzbekistana opasna dlya cheloveka

O‘tgan ikki kun mobaynida mazkur hudud “shifobaxsh suv”dan olib ketish uchun katta-kichik idishlar bilan kelgan ixlosmandlarni sig‘dira olmay qoldi.

“Chust ijara” MMTP hududining 25 konturi dala maydonida To‘raqo‘rg‘on tuman Yesin qishlog‘i, Ko‘kqayrag‘och mahallasi hududidagi “Tomchi zamin” fermer xo‘jaligi rahbari A.Yuldashev tasarrufidagi 20 gektarli bog‘ va boshqa ekinlarni sug‘orish uchun 500 million so‘m mablag‘ sarflab, 350 metr chuqurlikda artezian qudug‘i tushirib chiqargan suvi kutilmaganda shunday mashhur bo‘lib ketdi.

2019 yilning 22-may kuni murojaatlar asosida Viloyat DSENMning mutaxassislari tomonidan mazkur artezian qudug‘idan laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalari olindi va tahlillar o‘tkazildi.

Olingan suv namunasini organoleptik ko‘rsatgichlari bo‘yicha tahlil qilinganda, artezian quduq suvi loyqaligi, vodorod ko‘rsatgichi (rN), umumiy minerallanishi (quruq qoldiq), umumiy qattiqligi, sulfatlar va xloridlar meyordan bir necha barobar yuqoriligi aniqlandi va Oz. DST 950-2011 “Ichimlik suvi” Davlat standartining “Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablari bo‘yicha iste’mol uchun yaroqsiz deb topildi.

© UzA"Lechebnaya" voda iz Uzbekistana opasna dlya cheloveka
Namanganda chiqqan “o‘ta shifobaxsh” suv iste’molga yaroqsiz – mutaxassislar xulosasi - Sputnik O‘zbekiston
"Lechebnaya" voda iz Uzbekistana opasna dlya cheloveka

Qo‘shimcha ravishda bakteriologik ko‘rsatkichlarga ham namunalar olinib, hozirda tekshiruv jarayonlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0