20:03 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Passajirы v vagone na stantsii londonskogo metro

Moskvalik ruhshunos yoshi kattalarga joy bermaslikka chaqirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
1036 0 0

Qariyalarni diskriminatsiya qilmaslik uchun transportda ularga joy bermang – psixiolog maslahati...

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Moskvalik psixiolog Lyutsiya Suleymanovaning fikriga koʻra, jamoat transportida yoshi kattalarga joy berish haqida, doimo eshittiriladigan eʼlonlar, hammaning joniga tekkan va u pensionerlarni yoshiga qarab diskriminatsiya qilishga olib keladi.

“Bunday eʼlonlar yoshlarda faqat ranjish tuygʻusi uygʻotadi. Ular hech qanday hurmat his qilmasdan joylarini boʻshatib berishadi. Yoshi kattalar esa ularni hurmat qilmayotganlarini koʻrib janjal qilishadi”, - deydi psixiolog, “Moskva 24” telekanali efirida.

Ushbu dastur efirga uzatilganidan soʻng, koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻldi. Turli jamoat arboblari, boshqa ruhshunoslar bir ovozdan – qariyalarga joy berish kerak, degan fikr bilan chiqishdi.

Turli yoshdagi jamoatchilik va yoshi kattalar orasida oʻtkazilgan soʻrovlarga ham buning aksini koʻrsatdi. Qariyalar ularga joy berishganda oʻzlarini kamsitilgan deb hisoblamasliklarini, aksincha ularga hurmat bildirilayotganini maʼlum qilishdi.

Oʻrta yosh fuqarolar yoshlarning quloqlariga “naushnik” tiqib olib oʻzlarini hech narsa koʻrmagandek tutishlari, ularning tarbiyasi buzilib borayotganidan darak berishini xabar qildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yoshi katta va nogironligi boʻlgan mijozlarga xizmat koʻrsatishdan voz kechgan tashkilotlarga qarshi maʼmuriy choralar qoʻllash kerakligi haqid qonun qabul qilishni taklif qilgan edi.

Asosiy mavzular