19:46 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Urgutlik oshpaz Moskvada nisholda pishirib sotmoqda  

© Zarafshon yangiliklari
Jamiyat
Havola olish
312 0 0

Nisholdani yeb, oz boʻlsada Vatanda yurgandek boʻlishsin - deydi Moskvada nisholda pishirayotgan urgutlik oshpaz.

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Urgutlik tadbirkor Ikromjon Berdiyev Moskvada ikki yildan buyon nisholda tayyorlab sotmoqda. Ramazonning ushbu tansiq taomiga Moskvada talab katta, deb xabar qildi Zarafshon nashri.

Tadbirkor aytishiga qaraganda, u nisholda sotib boyib ketishni emas hamyurtlariga xotira ulashish orzusida ushbu ishni boshlagan ekan.

“Nisholdani tayyorlashdan maqsad, buning ortidan boyish emas, musofirlikdagi yurtdoshlarimizga Vatanning xotiralari, bir boʻlagini ulashish. Nisholdani yeb, oz boʻlsada Vatanda yurgandek boʻlishadi, qolaversa sevgan ishimni biznesga aylantirdim”, - deydi Ikromjon Berdiyev.

Rossiyalik xaridorlar uchun ushbu yegulik yangi mahsulot boʻlgani uchun ular qiziqib tatib koʻrishmoqda. Shu bilan biz oʻzbek oshxonasining qanchalik boyligini koʻrsatayapmiz, - deb qoʻshimcha qildi tadbirkor.

Ayni damlda nisholda non va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan "Halol luqma" korxonasidi ishlab chiqarilib,  mavsumiy yemakligini taʼkidlab, asosan, bozorlar va doʻkonlarga ulgurji tarqatilmoqda.

Arpabodiyon va yetmak kabi nisholda tayyorlash uchun kerakli oʻsimliklarni uy tomonidan kim kelsa olib keladi. Oʻzim urgutlikman, togʻda yashaymiz, - deydi Ikromjon Berdiyev.

Asosiy mavzular