11:59 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Jenщina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga

Xotin-qizlar qoʻmitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni oʻz himoyasiga oldi

Foto predostavleno poterpevshey
Jamiyat
Havola olish
1475 0 0

Maʼlum boʻlishicha Umarovaning turmush oʻrtogʻi spirtli ichimlikni haddan ziyod isteʼmol qiluvchi fuqarolar roʻyxatida turgan

TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzga xonadonga kelin boʻlib tushganining 10 kunida mast eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan bulungʻurlik Zuhra Umarova Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining himoyasiga olindi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Samarqand viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gavxar Alimovadan olingan maʼlumot asosida xabar bermoqda.

Ayni vaqtda ayol kasalxonada davolanishni davom ettirmoqda, uning holati qoniqarli, deb baholangan.

Jabrdiyda tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilishini soʻrab huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berilgan. Hozirda bu yoʻnalishda ish olib borilmoqda.

Xotin-qizlar qoʻmitasi ekspertiza oʻtkazilishini talab qilgan.

Eslatib oʻtamiz, jabrdiydaning onasiga ilgariroq Sputnik muxbiri bilan suhbatda ichki ishlar organi xodimlari "qizingizni oʻz pulingizga davolating, u oiladan pul soʻrab yurmang, boʻlmagʻur oila" deya maslahat berishganini, shuningdek, "oʻzingizga qimmatga tushadi" degan soʻzlardan soʻng oʻz jigarbandini hatto tibbiy ekspertizadan ham oʻtkaza olmaganini maʼlum qilgan edi.

Zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan ayollar uchun ishonch telefoni ishga tushirildi >>>

Samarqand viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi xabariga koʻra, tashkilot oilaviy-maishiy mojarolar sababchilariga aylanayotgan, haddan tashqari koʻp spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchi fuqarolar roʻyxatini ularning davolanish ishlari tashkillashtirilishi uchun sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan.

Zuhra Umarovaning turmush oʻrtogʻi shu roʻyxatda turgan.

Sputnik muxbiri bilan suhbatda, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gavhar Alimova xotin-qizlar qoʻmitasi Umarovaning manfaatlarini himoya qilishini va uning muammolarini bartaraf etishda yaqindan koʻmak berishini maʼlum qildi.

Alimovaning aytishicha, ayni vaqtda maishiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayolga psixologik va ruhiy koʻmak koʻrsatish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan.

Asosiy mavzular