20:43 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
844 0 0

"Har bir bola, uning qayerda tugʻilganligidan qatʼiy nazar, davlat himoyasi ostida boʻladi" - dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Kecha, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar va ayollar uchun bayram uyushtirib berdi, deb xabar qilmoqda ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Toshkent viloyatidagi sanatoriyalardan birining hududida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin hamda Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorыe vernulis iz Sirii
Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorыe vernulis iz Sirii

MTVning Strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari  Suriyadan qaytib kelgan ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning boshdan kechirgan voqealarini tingladi va savollariga javob berdi.

"Har bir bola, uning qayerda tugʻilganligidan qatʼiy nazar, davlat himoyasi ostida boʻladi, onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan taʼminlanadi", - dedi Shahnoza Mirziyoyeva. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining tashabbusi bilan ushbu yilning 30 may kuni Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududlari boʻlgan  156 nafar ayollar va bolalar Oʻzbekistonga maxsus samolyot bilan olib kelingan edi. Ayni damda ular tibbiy koʻrik va ijtimoiy adaptatsiya jaranidan oʻtmoqda.

Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorыe vernulis iz Sirii
Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorыe vernulis iz Sirii

Asosiy mavzular