07:04 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Novыy Tashkent: britantsы predlojili unikalnыy proyekt goroda

"Yangi Toshkent" bosh rejasi taklif etildi

Vimeo
Jamiyat
Havola olish
108301

Toshkent yonida yangi shahar quriladi - Britaniyalik mutaxassislar uning bosh rejasini taklif etishdi.

TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Britaniyalik arxitektorlar Toshkent shahri yonida "yangi Toshkent" bosh rejasini taklif qilishdi, deb xabar qilmoqda MyDay kanali.    

Unga koʻra hozirgi Toshkent shahrining janubi-sharqiy tomonida umumy maydoni 20 000 gektar boʻlgan yangi shahar barpo etiladi. U yerda turar joylar, maʼmuriy binolar, biznes siti va boshqa binolar paydo boʻladi. Shuningdek, arxitektorlar Chirchiq daryosi oʻrtasida ulkan orol qurishni taklif etishdi.

Yangi shahar kontseptsiyasida dam olish hududlari va yashil bogʻ zonalar, daryo va kanallar boʻyida piyoda sayr qilish hududlari ulushi kengaytirilishi ham aytib oʻtilgan .

Eslatib oʻtamiz, Toshkent yangi bosh rejasini 2019 yilning aprel oyiga qadar yaratish eʼlon qilingan edi. Ayni damda Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniyalik arxitektorlar oʻz rejalarini taklif qilishmoqda.

Asosiy mavzular