Kuch ishlatish tizimlarining qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie ucheniya v Uzbekistane
Voyennie ucheniya v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent harbiy okrugida O‘zbekistonk Qurolli kuchlar, Milliy gvardiya, Chegara qo‘shinlari, mahalliy IIB va FVV bo‘limlarining qo‘shma o‘quv-mashug‘lotlari boshlandi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Bugun, 11-iyun kuni Toshkent harbiy okrugida O‘zbekiston kuch ishlatish tizimlarining qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

V Chirchike voyennie unichtojili protivnika pri pomoshi spesnaza - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qqisdan hujumga o‘tgan "dushman" tezkorlik bilan yakson etildi

"Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining navbatdagi harbiy o‘quvlari Toshkent harbiy okrug hududida bo‘lib o‘tadi. Taktik harakatlar Mudofaa vazirligi poligonlarida o‘tkazilib, u yerda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi hududiy boshqarma va bo‘linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifalar bajariladi", - deyilgan xabarda. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘shinlarni turli yo‘nalishlarga tashlash ko‘zda tutilgan. Maxsus bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolot aviatsiyasi yordamida tashlanadi. Qolgan bo‘linmalar esa avtomobil va zirhli texnikalarda katta masofalarga marsh uyushtiradi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati fuqarolaridan kolonnalarning harakatiga xalaqit bermaslikni va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qoladi.

© Ministerstvo OboroniUcheniya VS Uzbekistana
Kuch ishlatish tizimlarining qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Ucheniya VS Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0