11:55 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vrach derjit rentgenovskiy snimok

SSV: shifokorga kuch ishlatganlik uchun jazo kuchaytirilishi lozim

© Gov.uz
Jamiyat
Havola olish
101 0 0

Fuqaro shifokor homilador ayolni tibbiy koʻrikdan oʻtkazayotgan boʻlishiga qaramay, bolasini koʻrishini aytadi. Haqoratli soʻzlar bilan poʻpisa qilib, shifokorga tahdid qilgan va hattoki urmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Navoiy viloyatining Navbahor tumanida shifokorga tahdid qilingani tasvirlangan videoga oʻz munosabatini bildirdi.

“Jamiyatimizda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi holatlarning koʻpayib ketayotganini hisobga olib, ushbu illatning oldini olishni eng samarali yoʻllaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qatʼiy javobgarlikni kuchaytirish, huquq-tartibot organlari tomonidan zarur choralar koʻrilishi lozim, deb hisoblaymiz”, - deydi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova

Aniqlanishicha, 2019 yil 16 yanvar kuni soat 23:00 larda Navoiy viloyati Navbahor tuman tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimida shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi navbatchi terapevt shifokori A.E.ga Navbahor tuman “Arabxona” MFYda yashovchi fuqaro I.E 4 oylik farzandining bezovta boʻlganligi sababli navbatsiz kirib keladi. Shifokor A.E. homilador ayolni tibbiy koʻrikdan oʻtkazayotgan boʻlishiga qaramay, bolasini koʻrishini aytadi. Haqoratli soʻzlar bilan poʻpisa qilib, shifokorga tahdid qilgan va hattoki urmoqchi boʻlgan. Shifokor A.E. pediatr shifokor emasligi hamda pediatr shifokor boʻlimda boshqa, ogʻir ahvoldagi bolani tibbiy koʻrikdan oʻtkazayotganini tushuntirishga qaramay, fuqaro I. E. janjal qilgan va bolasini shifokorlarga koʻrsatmasdan uyiga olib ketgan. Bola bugungi kunda sogʻlom, rejali emlashlarni oʻz vaqtida olib kelmoqda hamda hudud shifokorlarining doimiy nazoratida turibdi. 

SSV yuridik boʻlimi boshligʻi Ruslan Muhammadiyevning taʼkidlashicha, birgina Resupublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida 2018 yil va 2019 yilning oʻtgan uch oyi davomida 40 dan ziyod tibbiyot xodimlariga bemor  va bemor qarindoshlari tomonidan tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq holatlar qayd etilgan.

“Ularning aksariyati boʻyicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli choralar koʻrilgan boʻlsada, hamon yetarli chora koʻrilmagan holatlar ham mavjud. Jumladan, Markazning Surxondaryo viloyat filiali pediatriya boʻlimida shifokor G.M.ni tibbiy yordam koʻrsatilayotgan bemorning onasi urgan. Shuningdek, Xorazm viloyat filialida 103 chaqiruvida bemor koʻrigi vaqtida shifokor T.Q.ni bemorning otasi mast holda urgan. Har ikki holat boʻyicha tegishli organlarga xabar berilgan boʻlsa-da, hozircha chora koʻrilgani yoʻq. Bu kabi misollarni yana koʻplab keltirish mumkin”, - deydi u.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 29 yanvarida Sogʻliqni saqlash vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga tibbiyot xodimiga bemor yoki uning qarindoshlari tomonidan tajovuz qilish yoki tan jarohati yetkazish kabi qilmishlarni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan kvalifikatsiya qilib, ushbu harakatlarni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholashni belgilaydigan qonun loyihasini joylashtirgan edi.

Asosiy mavzular