23:41 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Degustatsiya vin

Toshkentda yangi likyor-aroq zavodini qurishga doir hujjat tayyorlandi

© Sputnik / Sergey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
336 0 0

“Premium Uzbekistan” MCHJ QK 2023 yil 1 yanvarigacha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinsin”, - deyilgan qaror loyihasida.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. “Toshkent shahrida yangi likyor-aroq zavodini qurish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston prezidentining 11.09.2017 yildagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

“qoʻshma korxonani va qurilayotgan zavodni Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 23/35 manzilida joylashtirish”, - deyilgan hujjatda.

Qarorning 7-band qoʻyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan:

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Premium Uzbekistan” MCHJ QKga loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat etilsin:

2020 yilning 1 iyuligacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich ekspertizadan oʻtkazish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish;

zarur hollarda eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish yoʻli orqali, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan turib malakali loyihalashtiruvchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida tovarlarni yetkazib berishga tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan turib ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan shartnomalar tuzish;

qurilishda qatnashayotgan pudrat tashkilotlariga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoqilgʻi-moylash materiallari limitlaridan ajratish.

“Premium Uzbekistan” MCHJ QKga “Premium Uzbekistan”, “Premium O‘zbekiston”, “Premium Uzbekistan”, “Premium Oʻzbekiston” firma nomlari (tovar belgilari) biriktirish.

Asosiy mavzular