Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan foydalanishga doir farmon imzolandi

Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi tasdiqlandi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.

Livnevaya sistema. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda suv toshqinini oldini olish uchun drenaj tizimlari ta’mirlanadi

Farmonga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

- Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi, mazkur Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

- 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari;

- 2019-2022 yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari.

Konsepsiya eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida amalga oshiriladi.

2019 yil 1-noyabrgacha konsepsiya boshqa hududlarga ham joriy etiladi.

Konsepsiya doirasida quyidagilar investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi:

- qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, lalmi va o‘rmon fondi yerlari – fuqarolar va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;

- yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar – fuqarolarga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, investorlarga.

Yangiliklar lentasi
0