00:43 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Deti v detskom sadu

Bolalarni bogʻchaga qabul qilishda ayrim xizmatlar vaqtincha toʻxtatildi

Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUz
Jamiyat
Havola olish
0 0 0

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni koʻrsatishda inson omilini butunlay yoʻq qilish va toʻliq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. 2019 yil 1 iyulga qadar “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha elektron ariza yuborish” va “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Soʻnggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha taʼlim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari oʻzgarishi bilan bogʻliq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha taʼlim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qoʻyishda maxsus hisobga qoʻyish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

"Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni koʻrsatishda inson omilini butunlay yoʻq qilish va toʻliq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda", - deyiladi xabarda.

Shu bois, 2019 yil 1 iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.

Asosiy mavzular