01:33 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Gulnara Karimova

Shveytsariya Gulnora Karimova ishi boʻyicha 133 million dollarni qaytaradi

Sputnik / Valeriy Levitin
Jamiyat
Havola olish
375 0 0

Oʻtkazilgan tergovlar asosida olib qoʻyilgan mablagʻlar Oʻzbekistonning yoʻqotilgan aktivlari deb tan olindi va ular Oʻzbekistonga qaytarib beriladi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Shveytsariya Oʻzbekistonga 130 million (133 million dollar) shveytsariya frankini qaytarib beradi. Bu haqda Shveytsariya bosh prokuratura xabar qildi.

Oʻtkazilgan tergovlar asosida olib qoʻyilgan mablagʻlar Oʻzbekistonning yoʻqotilgan aktivlari deb tan olindi va Oʻzbekistonga qaytarib beriladi.  

Bu mablagʻlar noqonuniy yoʻl bilan olingani va keyinchalik chet elda, koʻp qismi Shveytsariyada “yuvilgani” aniqlandi.

Mablagʻlarga bir necha yil muqaddam taqiq qoʻyilgan. Olti yildan ortiq muddat yuritilgan jinoiy ish doirasida jami 784 million dollar muzlatilgan. Qolgan mablagʻlar haligacha muzlatilgan holatda turibdi.

Bundan avval Gulnora Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlarni davom ettirayotganini maʼlum qilingandi. Toshkent 12 davlatda, shu jumladan Rossiyada Karimovaning boyliklarini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan, ularning umumiy miqdori 1,5 milliardan ziyod.

Asosiy mavzular