13:39 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
39510

Prezident Kongress-xollga tutash qurilgan 21 qavatli, besh yulduzli Hilton mehmonxonasini ham kirib koʻrdi.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.  

Xabarda aytilishicha, mazkur xalqaro biznes markazi sakkizta lotga ajratilgan holda barpo etilmoqda. Shu paytgacha 7 million kub metr tuproq ishlari bajarilib, ellikdan ziyod binoga mustahkam poydevor yaratildi. Bugungi kunda beton karkaslar va devorlar qurish, muhandislik tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev 25 iyunya posetil stroitelnuyu ploщadku Tashkent City
Shavkat Mirziyoyev 25 iyunya posetil stroitelnuyu ploщadku Tashkent City

Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurilayotgan 5-lot eng ilgʻor maydonlardan biri. Ushbu binolarda temir-beton, metall konstruktsiya va tom yopish ishlari yakunlangan boʻlib, qurilish hajmining sakson foizdan ziyodi bitgan. Hozirda elektr tarmoqlarini montaj qilish, ichki pardozlash va mexanika ishlari bajarilmoqda.

Prezident Kongress-xollga tutash qurilgan 21 qavatli, besh yulduzli Hilton mehmonxonasini ham kirib koʻrdi. Shu yerda mahalliy va xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi.

Buduщiy kongress-xoll na territorii Tashkent City
Buduщiy kongress-xoll na territorii Tashkent City

Davlat rahbari Kongress-xoll va mehmonxonada yuqori darajada xizmat  koʻrsatishni yoʻlga qoʻyib, muntazam daromad topishni taʼminlash, hududda barpo etiladigan istirohat bogʻida oʻzbekistonliklar va turistlar uchun keng sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular