04:19 02 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
193 0 0

Yoshlar kuni munosabati bilan aytilgan bayram tabrigida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda yoshlar uchun amal qilayotgan loyihalarni sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni Yoshlar kuni bayrami bilan tabrikladi.

“Qadrli farzandlarim! Siz, aziz oʻgʻil-qizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman”, - deyilgan xabarda.

Prezident tabrik soʻzida iliq tilaklar bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan loyihalar haqida aytib oʻtilgan.

Prezident, xususan, bosh vazir va hokimlar raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya va “Yoshlar klubi” ish boshlaganini qayd etgan.

© Sputnik / Aleksey Malgavko

Shuningdek, yosh biznesmenlar uchun tashkil qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi haqida ham aytib oʻtilgan. Xususan ushbu jamgʻarma tomonidan bugungi kunga qadar 692 milliard 400 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 25 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratilgani, respublikamiz boʻyicha 125 ta “Yoshlar mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi foydalanishga topshirilgani qayd etilgan.

Undan tashqari yoshlar uchun tashkil qilinayotgan “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” kabi yangi namunadagi taʼlim maskanlari zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlayotgani ham sanab oʻtilgan.

Prezident tabrigining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular