02:32 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov

Diplomatiya universitetiga hujjatlar 5 iyulgacha qabul qilinadi

© Telegram
Jamiyat
Havola olish
170 0 0

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichidan oʻta olmagan abituriyentlar boshqa OTMlarga hujjat topshirishga ulgurishlari uchun, Diplomatiya universitetiga hujjat topshirish 5 iyulda yakunlanadi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetiga qabul 5 iyulga qadar davom etadi, boshqa oliygohlarda esa 15 iyulgacha, buning sababi nimada?

Ushbu savol bilan Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorovga murojaat qilgan OʻzA, quyidagi javobni olgan.

"Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga qabul 15 iyulgacha deb belgilangan. Faqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun alohida qaror chiqqan. Ularda sinovlarning birinchi bosqichi 5 iyulga qadar yakunlanishi kerak. Shuning uchun ularda hujjat qabul qilish avvalroq yakunlandi. Lekin, bunda ilk sinovlardan oʻta olmagan abituriyentlar boshqa OTMga topshirishga imkoni boʻladi", - dedi mutaxassis. 

Shu sababli Diplomatiya univeristetiga hujjatlar qabuli 5 iyulgacha, kirish imtihonining birinchi bosqichi esa 9-14 iyul kunlarida oʻtkazilib, natijalari eʼlon qilinadi.

Asosiy mavzular