12:27 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
V Tashkente nachalis prazdnichnыe gulyanya v chest Dnya nezavisimosti

Shanba kun Xalqaro olimpiada kuniga bagʻishlangan Xalq sayli boʻlib oʻtadi

Stringer
Jamiyat
Havola olish
210 0 0

Oʻzbekistonda 6 iyul kuni Xalqaro olimpiada kuniga bagʻishlangan Xalq sayli boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda 6 iyul kuni Xalqaro Olimpiya kuniga bagʻishlangan Xalq sayli – umummilliy sportmusobaqalar oʻtkaziladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 26 iyun kuni oʻtkazilgan majlis bayonotida aytib oʻtilgan, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Majlis bayonotida aytilishiga koʻra “Tokio sari yoʻl” shiori ostida boʻlib oʻtadigan Xalq sayli butun Oʻzbekistonda   6 iyul kuni ertalab tong soat 8dan 8 daqiqia 8 soniya oʻtganda boshlanib, kech soat 7 dan 7 daqiqa va 7 soni oʻtganda tugaydi.

Shu bilan birga, 6 iyul – Oʻzbekistonda avtomobilsiz harakatlanish kuni deb hisoblansin, deyilgan bayonotdi.

Oʻzbekiston boʻyicha Xalqaro olimpiya kuniga bagʻishlab oʻtakazilayotgan tadbirlar:

  • Maktabgacha taʼlim muassasalari orasida, Umumtaʼlim maktablari, litsey va kollejlar orasida musobaqalar;
  • “Yoshlar ittifoqi” tomonidan markaziy bogʻlarda tashkil qilinayotgan tadbirlar, Oliy taʼlim muaasalari oʻquvchilari orasida musobaqalar;
  • Tuman, shahar, bolalar-oʻsmirlar  sport maktablari, olimpiya zahiralari maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari orasita turli sport turlari boʻyicha musobaqalar, master-klasslar  oʻtkaziladi.
  • Barcha istirohat bogʻlari va parklarda bayramona sport tadbirlari, taniqli estrada xonandalari ishtirokida kontsertlar boʻlib oʻtadi.
  • Yozgi dam olish muassasalarida dam olayotgan oʻquvchilar orasida ham bayram tadbirlari tashkil etiladi
  • Bogʻ va suv havzalarida aviamodel, avtomodel, raketomodel, kemamodel,va boshqa sport tulari boʻyicha yoshlar koʻrgazmali mahorat-saboqlari tashkil etiladi.

Tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarda tartib intizomni saqlash bilan ichki ishlar vazirligi, tibbiy xavfsizlik bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi shugʻullanadi.

Toshkentda boʻlib oʻtadigan asosiy tadbirlar jadvali:

  • Alisher Navoiy milliy bogʻda soat 08:00 dan 11:00 gacha, yengil atletika, dzyudo, boks, tayekvondo boʻyicha musobaqalar.
  • Amir Temur xiyobonida soat 09:00 dan 11:00 gacha karting va motokross boʻyicha musobaqalar;
  • Anhor boʻyi kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha;
  • Amir Temur koʻchasi boʻylab ot sporti namoyishi boʻlib oʻtadi.
  • 6 iyulda karting, motosport, ot sporti poygalari va paradlari tashkil qilinadi.

Xalq sayli 6 iyul kech soat 19:07 da Xumo Arena sport majmuasida  taniqli aktyorlar va estrada xonandalari ishtirokila boʻlib oʻtadigan Gala kontsert bilan yakunlanadi. Turizm qoʻmitasi Xumo Arena yaqiniga 2ta havo shari uchib yurishini taʼminlaydi.

 

Asosiy mavzular