16:13 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Nukusda SCHR xizmatchilari uchun yangi oshxona ish boshladi

Nukusda SCHR xizmatchilari uchun yangi oshxona ish boshladi

Press-slujba Ministerstvo oboronы Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
119 0 0

Nukus shahridagi ichimlik suvining ichishga yaroqsizligi sabab, oshxonaga suvni filtrlash agregati ham oʻrnatildi. Harbiy xizmatchilar uchun beriladigan taomnomadan asosan milliy ovqatlar assortimenti joy oldi. Taom tanovul qilinadigan idish-tovoqlar esa eng sifatli xorijiy mamlakatlarining trend korxonalarida tayyorlangan.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Nukus garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida yangi taʼmirdan chiqarilgan oshxona majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

Marosimning ochilish tantanasida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Dilshod Choriyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qoʻmita raisi Sogʻindiq Turmanov hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

Mudofaa vazirligining buyurtmasiga asosan “Aydar Chimbay” qurilish firmasi tomonidan rekonstruktsiya qilingan keng va shinam zalga ega,  zamonaviy jihoz va uskunalar bilan taʼminlangan 500 dan ziyod oʻringa moʻljallangan oshxonaning taʼmiri uchun jami 6 milliard soʻm pul mablagʻlari sarflandi. Shuningdek, oshxonada prezident tashabbusi bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismda ichki ishlar organlari xodimlari uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan oʻquv kursi tinglovchilari uchun 50 kishilik alohida ovqatlanish zali mavjud. Natijada, ilgari batalon xizmatchilari va oʻquv kursi tinglovchilari uchun noqulaylik tugʻdirayotgan oshxonadagi zichlik, ovqat tayyorlash va tarqatishda vujudga kelgan muammolarga barham berildi. 

Oshxonada autsorsing tizimi asosida “Tabassum Nukus” MCHJ tomonidan yuqori sifatli xizmat turi yoʻlga qoʻyilgan. Majmuada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ularga ishlov berish, taom tayyorlash, pishiriqlar pishirish uchun sharoitlar muhayyo etilgan. Qolaversa, Nukus shahridagi ichimlik suvining ichishga yaroqsizligi sabab, oshxonaga suvni filtrlash agregati ham oʻrnatildi. Harbiy xizmatchilar uchun beriladigan taomnomadan asosan milliy ovqatlar assortimenti joy oldi. Taom tanovul qilinadigan idish-tovoqlar esa eng sifatli xorijiy mamlakatlarining trend korxonalarida tayyorlangan.

Asosiy mavzular