14:39 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Deti, obnarujennыe v stroyaщemsya zdanii okolo DOO №58 v Samarkande

Samarqanddagi bogʻchada oʻtkazilgan tekshiruvda 60 nafar bola qurilayotgan bino ichidan topildi

© Press-slujba Ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
492 0 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi auditorlari qish mavsumida ularni sovuq zallar va omborxonalarda, hovlidagi shiyponchalarda uchratgan. Baʼzan bolalarda hatto ustki issiq kiyim boʻlmagan, chunki ularni guruhlardan shoshilinch ravishda chiqarishgan.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi  ota-onalarni farzandlari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga noqonuniy ravishda qatnashi bilan bogʻliq xavf-xatarlar haqida ogohlantiradi.

Vazirlik xabarida aytilishiga koʻra, MTV Ichki audit xizmati tomonidan 2018 yilda Toshkent shahri va respublika viloyatlarida MTTga tegishli yoʻllanmasiz qatnayotgan 1059 nafar bolalar aniqlangan. 2019 yilning birinchi choragida ushbu koʻrsatkich 373 nafar bolalarni, shu jumladan 3 yoshga toʻlmagan tarbiyalanuvchilarni tashkil etgan.

“Bunda shuni yodda tutishingiz kerakki, MTT maʼmuriyati va pedagoglari rasmiylashtirilmagan tarbiyalanuvchilar uchun javobgar boʻlmaydi. Maktabgacha taʼlim vazirligi auditorlari qish mavsumida ularni sovuq zallar va omborxonalarda, hovlidagi shiyponchalarda uchratgan. Baʼzan bolalarda hatto ustki issiq kiyim boʻlmagan, chunki ularni guruhlardan shoshilinch ravishda chiqarishgan. Amaliyotimizda shunday holatlar boʻlganki, hisobga olinmagan tarbiyalanuvchilarni qurib bitkazilmagan binolarda yashirishgan. Bolalar MTTlarga tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan holda qatnayotganda qanday xavf-xatar ostida qolishi va qanday stress holatlarini oʻtkazishini anglayotgandirsiz”, - deydi MTV Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi Dilshod Normatov.

Xususan, Samarqand shahridagi 58-sonli MTTda tekshirish oʻtkazilganda, 60 nafar bolalar Maktabgacha taʼlim vazirligi auditorlari tomonidan MTT yaqinida qurilayotgan bino hududida aniqlandi.

MTTlarga gʻayriqonuniy ravishda qatnash boshqa tarbiyalanuvchilar sharoitlariga ham salbiy taʼsir etadi.

“Oshxona xodimlari oziq-ovqat mahsulotlarini guruhlardagi rasmiy tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqqan holda oladilar. Belgilangan normalarga muvofiq, har bir bolaga muayyan miqdorda goʻsht, yormalar, sut va boshqa mahsulotlar ajratiladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari 30 nafar tarbiyalanuvchilarga ajratiladi, tayyor ovqat esa 35 ta portsiyaga boʻlinadi. Natijada guruhdagi barcha bolalarga belgilanganidan kam hajmda rivojlanish uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalari beriladi. Albatta, oziq-ovqat sifatiga oziq-ovqat mahsulotlarining oʻgʻirlanishi ham taʼsir etadi, biroq, xabaringiz borki, Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim tizimidagi noinsof xodimlariga qarshi faol kurashmoqda”, - deydi Dilshod Normatov.

Vazirlik xabarida rasmiylashtirilmagan bolalar uchun toʻlov MTT mudiri tomonidan oʻzlashtirib olinishi, bu esa mamlakatdagi korruptsiya omilini kuchaytirishi taʼkidlangan.

Hisobga olinmagan bolalar masalasini hal etish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi MTTlarda joylarni koʻpaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda. 2019 yilning I choragi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 8 000 ta MTTlar faoliyat yuritib kelmoqda, ushbu koʻrsatkich esa 2017 yildagi koʻrsatkichdan 53 foizga yuqori. Davlat MTTlar soni 812 taga, nodavlat MTTlar soni esa 2 000 taga koʻpaydi (MTTlar sonining keskin oʻsishi 1 200 ta oilaviy MTTlar yuzaga kelishi bilan ifodalanadi). Koʻrilgan choralar bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish hajmini 38 foizgacha (2017 yildagi 27,7 foizga nisbatan) yetkazish imkonini berdi.

Asosiy mavzular