12:26 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vizы, priglasheniya, propiska: novoye polojeniye ot Pravitelstva Uzbekistana

Oʻzbekistonliklar nechta davlatga vizasiz borishi mumkin

v-thailand.com
Jamiyat
Havola olish
141301

Henley & Partners dunyo pasportlari yangilangan reytingini taqdim etdi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Henley & Partners ayrim oʻzgarishlarni kiritib, dunyo pasportlari reytingini taqdim etdi.

Bu reyting fuqarolari viza yoki boshqa maxsus hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tashrif buyurish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxati asosida tuziladi.

Birinchi pogʻonada Yaponiya va Singapur. Bu davlat fuqarolari 189 ta mamlakatga bemalol sayohat qilishi mumkin. Ikkinchi oʻrinda Germaniya, Finlyandiya va Janubiy Koreya – 187 ta mamlakat, uchinchi oʻrinda Daniya, Italiya va Lyuksemburg – 186 ta davlat.

Shuningdek, Latviya 10 oʻrin (179 davlat), Ukraina – 44 oʻrin (126 davlat) va Rossiya – 51 oʻrin (116 davlat).

Markaziy Osiyoda vaziyat ozgina boshqacha. Oʻzbekiston 88-chi oʻrinda, respublika fuqarolari qoʻshimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 56 ta davlatga borishi mumkin. Tojikiston 87 oʻrinda (57 davlat), Qirgʻiziston 82-chi oʻrinda (82 davlat), Qozogʻiston 69 ta, respublika fuqarolari uchun 75 ta davlat oʻz eshiklarini ochadi.

Asosiy mavzular