19:31 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Atom energiyasi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilindi

© Sputnik / Pavel Lvov
Jamiyat
Havola olish
83 0 0

“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng qayta koʻrib chiqildi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu haqda “Oʻzatom” agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

V agentstve Uzatom proshla vstrecha s predstavitelyami MAGATE
Press-slujba Minenergo Uzbekistana

Mazkur qonunning maqsadi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash uchun yangi tashkil etililayotgan davlat tashkilotlari va tizimlarning faoliyati uchun qonuniy asoslar yaratish, shuningdek, milliy qonunchilikka atom energiyasidan foydalanish boʻyicha samarali xavfsizlik mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.

Qonun loyihasida atom energiyasidan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagi asosiy printsiplar koʻzda tutilgan: fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini saqlash, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi; xavfsizlikning taʼminlanishi; axborotning ochiqligi; yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi.

Qonun loyihasini tayyorlashda atom energetikasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelayotgan xorijiy mamlakatlar, xususan, AQSH, Frantsiya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Kanada, Ukraina, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Chexiya, Belgiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Vengriya, Slovakiya, Argentina, Braziliya kabi davlatlarning hamda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning (MAGATE) qonunchilik boʻyicha keng xalqaro tajribasi oʻrganildi.

Dunyo atom elektr stantsiyalari – falokatlar, oʻtmish va hozirgi holat

Eslatib oʻtamiz, 29 iyun kuni atom elektr stantsiyasi qurilishi uchun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi.

Asosiy mavzular