19:13 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Sergeliyskiy rayon v Tashkente

Shaharlarda arzon uy-joy sotib olish tartibi maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
1043 0 0

Arzon uy-joylarni kimlar olishi mumkin? Arzon uy-joy olish uchun jismoniy shaxslarga ipoteka kreditini berish tartibi qanday? Bu kabi savollarga quyidagi maqolada javob olishingiz mumkin.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida arzon uy-joy sotib olish tartibi maʼlum qilindi.

Arzon uy-joylarni kimlar olishi mumkin?

Kvartiralar jismoniy shaxslarga beriladi, bunda quyidagilar ustun daraja ega boʻladi:

  • yosh oilalar;
  • eskirgan uy-joylarda yashayotganlar;
  • respublika shaharlarida yashaydigan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalari.

Arzon uylardagi kvartiralar jismoniy shaxslarga tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan biriktiriladi.

Kvartirani biriktirishda hududiy komissiya nimalarni inobatga oladi?

Kvartirani biriktirishda hududiy komissiya quyidagi mezonlarni inobatga oladi:

  • oʻz uy-joyining yoʻqligi va ijara, bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashayotganlik;
  • bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;
  • koʻp bolali oila;
  • ona (ota)ning toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;
  • ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
  • oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
  • turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
  • tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Kvartira sotib olish uchun hududiy komissiyaga qanday hujjatlar topshirish zarur?

  • ariza;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;
  • uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxsning yuqoridagi talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar.

Arizalarni koʻrib chiqish tartibi?

Hududiy komissiya uy-joy sharoitlarini yaxshilashga berilgan arizalarni haftada kamida bir marta koʻrib chiqadi. Arizani tegishli roʻyxatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Hududiy komissiya arizalarni ular tushishiga qarab va jurnalda roʻyxatdan oʻtkazish navbatiga koʻra koʻrib chiqishi shart. Komissiya kvartirani biriktirish yoxud rad etishning aniq va asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda protokol qaror qabul qiladi.

Hududiy komissiya har yili:

1 fevralgacha barcha kvartiralarni biriktirishni tugallaydi;

1 aprelgacha boʻlajak yilda quriladigan kvartiralarga potentsial qarz oluvchilarning toʻliq roʻyxati va protokol qarorini bankka taqdim etadi.

Dastlabki badal miqdori qancha?

Jismoniy shaxslar dastlabki badal mablagʻlarini oʻzlariga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay alohida jamgʻarma depozit hisob raqamiga toʻlaydi.

Koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda kvartira qiymatining oʻrtacha 15 foizi miqdoridagi dastlabki badal toʻlanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani ushbu shaxsga biriktirish haqidagi protokol qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

Arzon uy-joy olish uchun jismoniy shaxslarga ipoteka kreditini berish tartibi qanday?

Ipoteka kreditlari jismoniy shaxslarga uy foydalanishga topshirilgandan keyin beriladi. Ipoteka krediti miqdori kredit resurslari manbaidan qatʼi nazar, kvartira qiymatining koʻpi bilan 75 foizini tashkil etadi.

Kredit qancha muddatga beriladi?

20 yil muddatga, tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Kredit olish uchun bankka qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs turar joy foydalanishga topshirilgandan keyin bank filialiga:

  • ariza;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar.

Qarz oluvchining moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlarga nimalar kiradi?

  • doimiy ish joyiga ega boʻlgan fuqarolar uchun – ish beruvchidan belgilangan shakl boʻyicha oxirgi 12 oydagi daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
  • doimiy ish joyiga ega boʻlmagan fuqarolar uchun – ular yashaydigan joy boʻyicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oydagi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari.

Asosiy mavzular