14:38 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Uzbekistane vыbrali postavщika bodikamer iz SSHA

YPX inspektorlari qachon tan kameralar taqishi maʼlum boʻldi

© MVD Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Vazirlar Mahkamasi bodi kameralar joriy etishni kechiktirgan mulozimlarga hayfsan eʼlon qildi.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 2020 yilning  1 yanvardan boshlab bodi kameralar bilan taʼminlanadi. Bu haqida 3 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 556-sonli qarorida aytib oʻtilgan.

“Ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari va patrul-post xizmati inspektorlari 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil videokameralar va planshetlar bilan taʼminlanadi”, - deyilgan qarorda.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorida, dastlab  1 iyulda belgilangan qaror ijrosini kechiktirilishida aybdor deb topilgan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari X.B. Yusupov va mudofaa vaziri oʻrinbosari R.M. Ergashevga hayfsan eʼlon qilingan. IIV va Mudofaa vazirligi qaror ijrosi 1 yanvardan boshlanishi qatʼiy ekani tayinlangan. 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl hararkati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi nizom” 2018 yilning dekabr oyida qabul qilingan va unda bodi kameralardan foydalanishni  2019 yilning 1 aprelida boshlash belgilangan edi. Shunidan soʻng ushbu muddat 1 iyulga qadar kechiktirilgan edi.

 

Asosiy mavzular