23:12 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Oʻxshamagan tomosha yoxud samarqandlik “prankchilar”

Daryo
Jamiyat
Havola olish
690 0 0

Samarqandda shov-shuvli video olish uchun yana bir tomosha uyushtirildi. Oʻsmirlar tramvay ichiga goʻyoki zaharli gaz sepishdi.

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Bir necha kun oldin Samarqandda oʻsmirlar tomonidan tramvayda gʻalati tomosha qoʻyilgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlgan edi. 

Unda yuziga niqob kiygan oʻsmir tramvay ichiga yugurib kirib gazli ballonchadan nimadir sepadi. Tramvay ichida bir necha kishi goʻyoki hushidan ketib yiqiladi. Boshqa yoʻlovchilar vahimada tramvaydan yugurib chiqib keta boshlaydi.

Xorij ijtimoiy tarmoqlarida gohida paydo boʻladigan prank videolarga taqlid qilib qoʻyilgan ushbu "spektakl" tomoshabinlada katta taasurot qoldirmadi, aksincha “video” ijodkorlarini keskin tanqid qilinishiga va ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshiruvga olib keldi.

Ha darvoqe, spektaklning ham baʼzi joylari oʻxshamay qolgan. Bosh “qahramon” - yaʼni gaz sepgan bola tramvay ichiga yugurib kirishni ham tuzuklay eplay olmasdan zinada qoqilib tushdi, bu “dublni" qayta suratga olish kerak edi. 

Tramvay ichidagi paketda olma olib ketayotgan yosh yigitga qoyil qolish kerak, lekin. Atrofdagilar oʻzicha "hushini yoʻqotib" dumalab qolsa ham, boshqalar jon hola tramvaydan qochib chiqib ketsa ham - u pinagini buzmadi. 

IIB aniqlashiga koʻra, ushbu gʻalati tomoshani 4 iyul kuni soat taxminan 19:40 atrofida Samarqand shahrida Sartepo-Vokzal yoʻnalishida qatnab keluvchi 1-tramvay Buyuk ipak yoʻlining «Choy fabrikasi» bekatida 33 va 42 maktablarning 7-11 sinf oʻquvchilari tomonidan oʻzaro oldindan kelishgan holda uyushtirilgani aniqlangan.

Surishtiruv ishlari jarayonida maʼlum boʻlishicha, mazkur videoni S.M. oʻzining mobil telefoni orqali internet tarmoqlariga tarqatib, ijtimoiy tarmoqlarda «prank» (tarmoq hazili) qilmoqchi boʻlganligi aniqlangan.

Ayni damda voyaga yetmagan yoshlarning ushbu qilmishi yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular