04:29 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
19510

Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obʼyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Buxoro shahrida Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obʼyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda Bukhara Cityzamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

Qarorga koʻra, Bukhara City hududida obʼyektlarni qurish va ulardan foydalanish direktsiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferentsiya va forumlar oʻtkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy obʼyektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.

Asosiy mavzular