12:16 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
190 0 0

"Oʻztransgaz" - aholiga gaz yetkazib beruvchi va gaz eksport qiluvchi yagona tashkilotga aylanadi - prezident qarori.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Neft va gaz sohasini moliyaviy sogʻlomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish” toʻgʻrisidagi yangi qarorga asosan Oʻzbekiston neft gaz qazib olish va aholiga yetkazib berish sohasida bir qator muhim oʻzgarishlar amalga oshiriladi.

Logotip Uzbekneftegaz
Press-slujba kompanii "Uzbekneftegaz"

Xususan, “Oʻzburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibolish”, “Oʻzneftmahsulot” va “Oʻzneftgazmash” korxonalari “Oʻzbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi va shunday yoʻl bilan xolding boshqarishda ortiqcha oraliq boʻgʻimlar yoʻqotiladi. Neft qazib olish va va gazni qayta ishlash korxonalari ham “Oʻzbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi.  

“Oʻztransgaz” esa “Oʻzbekneftgaz” tarkibidan chiqarilishi bilan birga qazib oluvchi tashkilotlardan gaz xarid qiluvchi eksport qiluvchi va aholiga yetkazib beruvchi yagona tashkilotga aylanadi. Hududlarga gaz yetkazib berish bilan yangi tashkil etilayotgan “Hududgaztaʼminot” AJ shugʻullanadi.

Prezident qarorida, shuningdek, kelajakda hududlarda gaz taʼminotini bilan shugʻullanuvchi davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan korxonalar paydo boʻlishi ham aytib oʻtilgan. Ushbu xususiy korxonalar gaz uchun toʻlovlar yigʻish bilan ham shugʻullanishi mumkin.

Prezidentning ushbu yangi qarori Osiyo taraqqiyot banki hamda xalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan boʻlib, 2030 yilgacha moʻljallangan Oʻzbekiston neft va gaz strategiyasini belgilaydi.

Asosiy mavzular