19:10 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Messendjer Telegram na ekrane telefona

Rossiyada Telegram'da yozishmalarni oʻqiy oladigan josus-dastur aniqlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
65310

Kaspersky Lab kompaniyasi Telegramda yozishmalarni oʻqiy oladigan josus-dasturni aniqladi.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Kaspersky Lab kompaniyasi FinSpy josus dasturining yangi versiyasini aniqladi. U mobil telefonda deyarli barcha foydalanuvchilar harakatlari, xususan himoyalangan messendjerlardagi oddiy va maxfiy chatlarda yozishmalarni kuzatishi mumkin.

“Endi bu dastur Telegram, WhatsApp, Signal va Threema messendjerlardan maʼlumotlarni yigʻishi mumkin”, - deyilgan kompaniya xabarida.

FinSpy koʻpincha josuslik maqsadlarda foydalaniladi. Bu dastur smartfon yoki planshetda foydalanuvchi haqida, jumladan uning aloqalari, SMS xabarlari, GPS joylashuvi, foto-suratlar, saqlangan fayllar, tovushli xabarlar singari turli maʼlumotlarni yigʻishi mumkin.

Mutaxassislar maʼlum qilishicha, har bir dastur aniq bir odam yoki guruhga moslashtirilishi mumkin.

FinSpy mualliflari yangi himoyalanish usullarni diqqat bilan kuzatib borib, dasturga tezkorlik bilan oʻzgartirish kiritishmoqda.

FinSpy dasturi tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun uchun Kaspersky Lab mutaxassislari mobil qurilmalarni bloklanmagan holda tashlab ketmaslik, hech kimga parolni aytmaylik, faqat rasmiy doʻkonlardan dasturlarni yuklash, nomaʼlum raqamlardan yuborilgan shubhali manzillarga oʻtmaslik, muntazam ravishda nomaʼlum dasturlar paydo boʻlib qolganini tekshirib borish, agar topilgan taqdirda ularni zudlik bilan oʻchirib tashlashni tavsiya qiladi.

Asosiy mavzular