TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. 11—18 iyulda Oʻzbekiston boʻyicha havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlaridan 5-7 daraja yuqori boʻlgan juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Bu haqda "Oʻzgidromet" maʼlum qildi.
Havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 43-45 darajagacha boʻladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel boʻlishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida harorat fonining koʻtarilishi hisobiga Tojikiston va Qirgʻiziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari oʻtishi mumkin.