15:11 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
607 0 0

Gulnora Karimova qamoqxonada 3 kun davomida oila aʼzolari bilan birga boʻldi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Gulnora Karimova qamoqxonada 3 kun davomida oila aʼzolari bilan birga boʻldi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq, mahkuma G. Karimova oʻzining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar, oʻz oila aʼzolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda boʻldi”, - deyilgan vazirlik xabarida.  

Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida yashash joyi ajratildi. Ushbu uchrashuvni boʻlish, shuningdek, oila aʼzolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari boʻlmadi. 

Uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila aʼzolari mahkumaga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmayotganligi va unga bosim oʻtkazilayotganligi boʻyicha shikoyat va eʼtiroz bildirishmadi. 

Eslatib oʻtamiz, oldinroq G.Karimovaning advokati oʻz mijoziga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi xabar tarqatgan va shu asosda mablagʻlarni Shveytsariyadan Oʻzbekistonga qaytarish jarayonini toʻxtatib qoʻygan edi.

Asosiy mavzular