18:46 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana

Hukumat qarori: baʼzi obʼyektlar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻriqlanadi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
417 0 0

Qoʻriqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga oʻtganligi bois baʼzi obʼyektlarni qoʻriqlashga Milliy gvardiya organlari masʼul ekanligini nazarda tutadi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlar qoʻriqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga oʻtganligi bois baʼzi obʼyektlarni qoʻriqlashga Milliy gvardiya organlari masʼul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qoʻriqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Asosiy mavzular