18:48 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Odin iz shiroko rasprostranennыx sposobov samoubiystva – prыjok s vыsotы

Oʻzbekistonda suitsid yoshi "yosharib" bormoqda

© Foto: Prokazan.ru
Jamiyat
Havola olish
291 0 0

Oʻz joniga qasd qilganlar orasida ruhiy kasal, asabiy xarakter, xulq-atvorida salbiylik alomatlari yuqori boʻlgan kishilar eng koʻp - 45%ni tashkil etgan.

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning oʻtgan davrida erkaklar va ayollar oʻrtasidagi suitsid koʻrsatkichi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kamaydi, dedi bugun oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanova.

Taʼkidlanishicha, oʻz joniga qasd qilish holatlarining 57,3 %i erkaklar tomonidan, 42,7 %i ayollar tomonidan sodir etilgan.

Xotin qizlar qoʻmitasi suitsid holatlari aniq soni boʻyicha maʼlumotni ochiqlashni istamadi.

Shu bilan birga matbuot-anjumanida qayd etildi-ki, oʻz joniga qasd qilish holatlari 100 % deb olinganda, 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar soni 55,5 %ni tashkil etgan.

"Suitsid yoshi "yosharib" bormoqda", - dedi xotin-qizlar qoʻmitasi vakili

Oʻz joniga qasd qilganlar orasida ruhiy kasal, asabiy xarakter, xulq-atvorida salbiylik alomatlari yuqori boʻlgan kishilar eng koʻp - 45%ni tashkil etgan. Oilaviy janjallar xususan, er-xotin, qaynona-qaynotalar, erning qavm-qarindoshlari yoki oʻzining boshqa birovlar bilan janjallashib qolishi tufayli suitsid sodir etganlar miqdori 13,7 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, moddiy-maishiy jihatdan kam taʼminlanganlik (2,3 %), giyohvandlikka ruju qoʻyish, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻya olmaslik (1,7 %), rashk tufayli (0,7 %, ishxonadagi kelishmovchiliklar, boshqa birovning shaxsga tegadigan darajada haqorat qilishi (0,3 %) va boshqalar (sevgani bilan janjallashib qolishi, oʻqishga kira olmasligi, farzand kasalligi yoki yoʻqligi, pulini yoʻqotish, boshqalar bilan ziddiyat) - 17,6 %ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining maʼlum qilishicha, suitsid holatlarining oldini olish boʻyicha qator choralar belgilab olingan va amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda sogʻliqni saqlash vazirligi bilan patronaj xizmati, shuningdek xotin-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali ruxiyatida oʻzgarishi boʻlgan xotin-qizlarni aniqlash, ularni psixologlar orqali sogʻlomlashtirish, holat sodir etilganda tez tibbiy yordam xodimlari bilan birga psixiatorlarni borishi yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, xalq taʼlimi vazirligi bilan taʼlim muassasalarida majburiy psixologik testlar oʻtkazish orqali ruxiyatida oʻzgarishi boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash va ularni sogʻlom xayotga qaytarish, psixolog mutaxassislarni tayyorlash belgilangan.

Qolaversa, din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan oʻz joniga qasd qilish holatlari islom diniga mutlaqo toʻgʻri kelmasligi boʻyicha maʼruzalar tezislari ishlab chiqilgan va joylardagi diniy ularmolarga aholi oʻrtasida targʻib etish uchun yetkazilgan.

Asosiy mavzular