22:14 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Studentы v auditorii

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
208 0 0

Farmon bilan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Hujjatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi  tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari Vazirlikka oʻtgani qayd etilgan.

Vazirlik oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boʻyicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tubdan takomillashtirilishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular