01:43 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Spetsialistы predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili novыy promыshlennыy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajinы №7 mestorojdeniya Uchtepa

Oʻzbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "Oʻzbekneftgaz" javobi

Press-slujba "Uzbekneftegaza"
Jamiyat
Havola olish
1082 0 0

Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz taʼminoti bazasida "Xududgaztaʼminot" AJ tashkil etilib, gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, mamlakat isteʼmolchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash bilan shugʻullanadi

TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 17ta qishloqni qaytadan gazga qoʻshish imkoniyati bor. Tumanni qayta gazga ulashning eng asosiy talabi - bu hisob tizimini joyiga qoʻyish va enenergotejamkor uskunalardan foydalanishdir, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda "Oʻzbeknefgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov.

Oʻzbekneftegaz rahbarining soʻzlariga koʻra, agar shu talablarga amal qilinsa, kamida 4 mingga yaqin aholi gaz bilan taʼminlanadi.

U shuningdek, gazoprovod gazi yetkazib berolmayotgan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda bunday hududlar arzon koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash masalasi ham koʻrib chiqilayotganini aytib oʻtdi.

Sidiqov gaz narxi oshirilishi atrofida koʻtarilgan shov-shuvlarga ham oʻz munosabatini bildirdi va gaz narxini oshirishdan koʻzlanayotgan maqsad daromad koʻrish emasligiga ahamiyat qaratdi.

"Mana, gaz narxi oshishi eʼlon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda vahima koʻtarilib ketdi. Aslida oshadigan foizi - 16-17%, lekin unga ketayotgan harajat-chi? Shu kechayu-kunduzda "Oʻzbekneftgaz" ichidagi muammolarni hal qilishimiz uchun biz gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak. Shu taklifni muhtaram Prezidentimizga bergan edik, lekin judayam katta tanbeh bilan qaytib chiqdik. "Mumkin emas!", deyildi. Shundan keyin ichki rezervlarimizni koʻrdik, nima qilsak oldimizda turgan muammolarni hal etsak boʻladi degan savolni qayta koʻrib chiqdik. Biz oldimizda turgan muammolarning 20 %ini narx oshirish hisobiga hal qilayapmiz, qolgan 80% ini  davlat yordami va ichki rezervlardan toʻgʻirlayapmiz", - dedi u.

Sidiqov shuningdek, gaz bilan taʼminlash masalasi qachon oʻz yechimini topishi masalasiga ham toʻxtaldi.

"Uzoq qishloqlarga gaz quvurini olib borishning iqtisodiy jihatdan foydasi yoʻq. Shu bois, gaz tarqatishni xususiy operatorga berishni rejalashtirganmiz. Balki ular boshqacha bir kontseptsiya orqali gaz bilan taʼminlash tizimini toʻgʻirlashi mumkindir", - dedi suhbatdosh.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan "Oʻztransgaz" AJni "Oʻzbekneftgaz" AJ tarkibidan chiqarish va uning vazifalarini ikkita ustivor yoʻnalishga ajratish belgilangan.

Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz taʼminoti bazasida "Xududgaztaʼminot" AJ tashkil etilib, gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, mamlakat isteʼmolchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash bilan shugʻullanadi.

Asosiy mavzular