08:59 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
80-letniy Tuxtamish Sultonov podal dokumentы v vыsshiye uchebnыe zavedeniya cherez Tsentr gosuslug Angorskogo rayona Surxandarinskoy oblasti.

Rekord yangilandi: Oʻzbekistonda 80 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirdi

Press-slujba Agentstva gosudarstvennыx uslug
Jamiyat
Havola olish
209 0 0

Bu yilgi abituriyentlar barchani hayron qoldirishda davom etishmoqda.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 80 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirdi.

Davlat xizmati agentligi xabariga koʻra, 80 yoshli fuqaro Toʻxtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan.

Yoshi eng ulugʻ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani oʻqitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yoʻnalishini tanlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 78 yoshli fuqaro oʻqishga hujjat topshirgani xabar qilingan edi.

Bugun OTMlarga hujjat topshirishning soʻnggi kuni. Shu kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida  24 soat kunu-tun xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun roʻyxatdan oʻtib, ulardan 49 307 nafari 2019 yil bitiruvchilari va 53371 nafari oldingi yillar bitiruvchilaridir.

Asosiy mavzular