14:31 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
206 0 0

Oʻzbekistonda yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish muddati 17 avgustgacha uzaytirildi.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish muddati 17 avgustgacha uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019 yilning 1 iyunidan 20 iyunigacha (shu kuni ham) qabul qiliningan edi.

“Hujjat topshira olmagan koʻplab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari boʻyicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17 avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi”, - deyiladi xabarda.

Yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yana boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ziyod abituriyentlar oʻqishga hujjat topshirdi.

Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlangan oliy taʼlim muassasasi Samarqand davlat universiteti boʻlib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Tanlov koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasasi sifatida Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali qayd etildi.

Asosiy mavzular