13:22 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Interaktivnaya shkola v Volgograde

Oʻzbekistonda qariyb 400 ta kollej binosi maktablarga beriladi

© Sputnik / Kirill Braga
Jamiyat
Havola olish
146 0 0

Natijada 2019-2020 oʻquv yilida maktab oʻquvchilari uchun qoʻshimcha 224 mingdan ortiq oʻquvchi oʻrinlari yaratiladi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Oʻzbkestonda mavjud 1469 ta kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axbrorot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, natijada 2019-2020 oʻquv yilida maktab oʻquvchilari uchun qoʻshimcha 224 mingdan ortiq oʻquvchi oʻrinlari yaratiladi.

Tegishli topshiriqni Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 15 iyulda uzluksiz professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalasiga bagʻishlab oʻtkazilgan majlisda bergan.

Kollejlarni maktablarga aylantirishni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi boshchiligida respublikaning har bir hududida ishchi guruhlar tuzilgan va belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishlar boshlab yuborilgan.

Quyida Xalq taʼlimi tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan kasb-hunar kollejlari roʻyxati keltirilgan.

Asosiy mavzular