08:07 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
201 0 0

Tashkent City qurilishi munosabati bilan buzilgan Ezidyor restorani egasi sudga murojaat qilishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Tashkent City qurilishi munosabati bilan buzilgan tadbirkor manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qildi. Bu haqida palata matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini toʻxtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan boʻshatishga majbur boʻlgan", - deyilgan xabarda. 

“Tashkent City” barpo etilishi munosabati bilan “GRAND DUET” MCHJga qarashli koʻchmas mulk obʼyekti buzilishga tushganidan soʻng, Toshkent shahar hokimiyati Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Sayohat” restorani binosini, qonunchilikda belgilangan tartibda Qoʻshma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi. Biroq bu kelishuv amalga oshmagan.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi 2019 yil fevral oyida, qoʻshma korxonasining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlanishi maqsadida Chilonzor tuman Maʼmuriy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.

Maʼmuriy sudining 2019 yil 16 maydagi hal qiluv qaroriga asosan, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirilgan edi.

Mazkur xal qiluv qarori ijrosi amalda taʼminlangan takdirdagina, tadbirkorning qonuniy manfaatlari toʻliq ximoya qilingan deya olamiz, deyilgan Savdo-sanoat palatasi xabarida.

Asosiy mavzular