07:52 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Podpis dokumentov

Betaraflik va ishonchlilik - jurnalistlar kasb etikasi kodeksi eʼlon qilindi

© Pixabay
Jamiyat
Havola olish
121 0 0

Oʻzbekistonda jurnalistlar kasb etikasi kodeksi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi - jurnalistining kasb etikasi kodeksini eʼlon qildi. 

Jurnalistlar kodeksining asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:

  • Xolislik va betaraflik – jurnalist voqea-hodisalarni xolisona yoritadi, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni yashirmaydi;
  • Ishonchlilik  - jurnalist axborotni tekshirib, haqqoniyligiga ishonch hosil qilganidan soʻng uni tarqatadi va sharhlaydi;  
  • Milliylik va adabiy til – jurnalist oʻz millati va boshqa millatlar urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi, materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi;
  • Shaxsga hurmat – jurnalist shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qiladi, inson qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaydi. Shaxsiy hayot haqidagi maʼlumotlarni faqat ruxsat olgan holda tarqatadi;
  • Qonun doirasida - jurnalist noqonuniy yoʻl va nomaqbul vositalar yordamida axborot toʻplash, ovoz yozib olish va materiallar toʻplashi mumkin emas;
  • Plagiatsiz - jurnalist oʻz faoliyatida plagiatga (koʻchirmakashlikka) yoʻl qoʻymaydi. Boshqa manbaa axborotidan foydalanganda – aniq manbaa koʻrsatilishi shart.

Ushbu kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart boʻlgan maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlarni belgilaydi.Uning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular